Toshkent piloti · Investitsiya raundi ochiq

Transportingizni ishonib qoldiradigan joy

Uy yonida 32 qutili yopiq park — velosiped, samokat, bolalar va nogironlar aravachasi uchun. Ikki daromad: qutilar obunasi va park ekranlaridagi mahalliy reklama. O‘zbekistonda bunday yechim hali yo‘q.

Sergak parki: 32 ta po‘lat quti, yon devorda LED reklama ekrani va QR panel
Render · konsept bosqichi
5 ta pilot park uchun
$200 000
o‘zini oqlash: pitch → to‘liq xarajatlar
13–15 oy
quti — pilot sig‘imi
160
3 yilda
50 park

Muammo

4 xil ehtiyoj. Bitta muammo: saqlashga joy yo‘q.

Velosiped, samokat, bolalar aravachasi va nogironlar aravachasi
  • Velosiped
  • Samokat
  • Bolalar aravachasi
  • Nogironlar aravachasi

Mijozlar — uy yonida qulay va xavfsiz saqlash joyiga ehtiyoji bor aholi.

  • Podyezdda qoldirsangiz

    Yo‘lak to‘ladi, qo‘shnilarga xalaqit beradi.

  • Uyga olib chiqsangiz

    Og‘ir va noqulay.

  • Tashqarida qoldirsangiz

    O‘g‘irlanadi, yomg‘ir va qorda tez eskiradi.

Bugun qayerda saqlashadi?

VariantO‘g‘irlikdan himoyaVandalizmdan himoyaOb-havodan himoyaJoylashtirish osonXalaqit bermaydiTekinmi?
Podyezd
Trotuarlar
Ochiq veloparkovka
SERGAK

Himoya va qulaylikning barcha 5 mezoniga javob beradigan yagona variant — SERGAK. U tekin emas: oyiga $25.

Toshkentdagi real variantlar

Yechim

QR skan. Shaxsiy quti ochiladi.

Uy yonida 32 qutili yopiq park. Har mijozning alohida elektron qulfi bor, park 24/7 masofadan nazorat qilinadi.

  1. Skanerlang

    Paneldagi QR kodni telefon bilan skanerlang — qutingiz ochiladi.

  2. Joylang

    Transportni qutiga qo‘ying: pol tortib chiqariladi, g‘ildirak fiksatorga kiradi.

  3. Qulflang

    Eshikni yoping — elektron qulf o‘zi yopiladi.

Obuna — oyiga $25kuniga taxminan $0,83

Foydalanuvchi telefon bilan Sergak parkidagi QR kodni skanerlamoqda, quti ochiq
Render · konsept bosqichi

Bitta park jihozlari

  • 32 ta universal joy

    1 park sig‘imi

  • 2 ta LED ekran

    yon panelda reklama

  • 4 ta kamera

    kuzatuv nuqtasi

  • QR kirish

    skan orqali boshqaruv

  • 24/7 signalizatsiya

    masofaviy nazorat

  • 1 ta elektron qulf

    har bir joy uchun

Bitta qutiga nima sig‘adi

Quti universal: 4 xil transport va boshqa buyumlar uchun.

Qutiga nima qo‘yasiz
Sergak qutisining 3D ko‘rinishi: tortma pol va tanlangan transport

Quti o‘lchami

Kenglik
95 sm
Qavat balandligi
150 sm
Chuqurlik
200 sm

Aylantirish uchun suring

Pastki qavat. Pol tekis tortib chiqariladi. Old g‘ildirak baland fiksatorga, orqa g‘ildirak pastki fiksatorga kiradi.

Bozor hajmi

Toshkent: 723 ming xonadon. Boshlanishi: 160 ta obuna.

  1. 723 100Jami xonadon
  2. 72 310Ehtimoliy mijoz · 10%
  3. 160Pilot obunasi

Bu nimani anglatadi

  • $21,7 mlnqutilar ijarasidan yillik salohiyat72 310 obuna × $25 × 12 oy
  • 2 260park kerak bo‘ladi72 310 obuna ÷ 32 quti
  • 0,22%pilot — salohiyatning qismi160 ÷ 72 310

Manba: SIAT, 2025 · 10% — so‘rovda tekshiriladigan faraz · Pilot: 5 park × 32 quti, 100% band

Xorijiy tajriba

Dunyo allaqachon saqlash infratuzilmasiga investitsiya qilmoqda.

Davlat · modelFormatSig‘imKirish
Niderlandiya · UtrechtVokzal yonidagi majmua12 500Transport kartasi
Britaniya · BikehangarKo‘chadagi yopiq modul6Kalit
Yaponiya · ECO CycleAvtomatik yerosti200IC karta
O‘zbekiston · SERGAKUniversal aqlli qutilar32QR

Manbalar: Utrecht munitsipaliteti, Cyclehoop, GIKEN

Monetizatsiya · 5 ta park

5 ta park ≈ 13 oyda o‘zini oqlaydi.

Ikki daromad: qutilar ijarasi va LED reklama. Pastdagi kalkulyatorda farazlarni o‘zingiz o‘zgartirib ko‘ring.

Investitsiya

$200 000

5 ta park
$150 000
Dasturiy ta’minot
$50 000

Oylik daromad

$18 250

LED reklama (5 × $2 850)
$14 250
Qutilar ijarasi (160 quti × $25)
$4 000

Oylik xarajat

$3 200

Ijara va kommunal (5 × $300)
$1 500
2 xodim: call-markaz va texnik
$700
Ofis ijarasi
$500
Kutilmagan xarajatlar
$500
Daromad solig‘iInno texnopark a’zoligi rejalashtirilgan
$0
Pitch ssenariysi

Sof foyda: $15 050 / oyiga

O‘zini oqlash: ≈ 13 oy

Yiliga: ≈ $180 600

O‘zingiz tekshiring

  • Daromadning 78% qismi LED reklamadan keladi.
  • Reklamasiz park 80% bandlikda joriy xarajatini qoplaydi, lekin investitsiyani qaytarmaydi — qaytim reklamaga bog‘liq.

O‘zini oqlash muddati, oy

LED / park \ Bandlik50%75%100%
$0——250
$1 000534234
$2 000232019
$2 850151413

Joriy xarajat sozlamalari bilan. «—» — investitsiya qoplanmaydi.

Pitch ssenariysi: birinchi oydan 100% bandlik — 5 park × 32 quti × $25 / oy · 2 xodim: call-markaz va texnik. Hisobga olinmagan: to‘lish davri (ramp-up), mijoz ketishi, mijoz jalb qilish xarajati, reklama sotish komissiyasi, amortizatsiya. Taxminiy hisob, pilotda aniqlanadi.

Farazlar

Raqamlar nimaga tayanadi — va qanday tekshiriladi

FarazNega muhimQanday tekshiriladi
LED reklama: parkka oyiga $2 850Pitch ssenariysida daromadning 78% qismiPilot parklarda reklama beruvchilar bilan shartnomalar
Qutilar birinchi oydan 100% bandReklamasiz zararsizlik — 80% bandlik (pitch xarajatlarida)Pilot: 5 park, 160 obuna
Xonadonlarning 10% ida ehtiyoj borBozor hajmi: 72 310 ehtimoliy mijozPark atrofidagi uylarda so‘rovnoma
Daromad solig‘i $0Inno texnopark a’zoligiA’zolik; imtiyozsiz ssenariy kalkulyatorda

Nima xato ketishi mumkin — va javobimiz

  • Reklama beruvchilar kam bo‘ladi

    Bu asosiy risk: reklamasiz park (pitch xarajatlarida) 80% bandlikda faqat joriy xarajatini qoplaydi, investitsiya qaytmaydi. Shuning uchun pilotdagi birinchi tekshiruv — reklama shartnomalari.

  • Qutilarga talab past

    10% faraz park atrofidagi uylarda so‘rovnoma bilan tekshiriladi. Pilot 5 ta park bilan boshlanadi — xato qimmatga tushmaydi.

  • Joy va ruxsat

    Boshqaruv kompaniyalari va MFY qo‘mitalari park uchun joy va elektr ta’minotini beradi.

  • O‘g‘irlik va vandalizm

    Har joyda elektron qulf, 4 kamera, 24/7 signalizatsiya; IIB organlari bilan suhbat o‘tkazilgan, vazirlik profilaktika tadbirlari rejalashtirilgan.

  • Soliq imtiyozi berilmaydi

    Imtiyozsiz ssenariy (aylanma solig‘i 4%) kalkulyatorda — o‘zini oqlash muddati qanchaga o‘zgarishini ko‘ring.

  • Ishlab chiqarish

    Texnik chizmalar tayyor, zavodlar bilan kelishuv bor.

Marketing

Mijozga chiqish

  1. 01

    IIB vazirligi

    Vazirlik tomonidan alohida profilaktika tadbirlari.

  2. 02

    Boshqaruv kompaniyalari va MFY qo‘mitalari

    Park uchun joy, elektr ta’minoti va parklarni o‘rnatish.

  3. 03

    Sarafan marketing

    Mijoz qo‘shnisiga tavsiya qiladi — eng arzon va ishonchli kanal.

  4. 04

    Target reklama

    Instagram, Telegram, Facebook — park atrofidagi uylar aholisiga.

Hozirgi bosqich va o‘sish

Tayyorgarlik tugadi. 3 yil ichida 50 ta park.

  • TayyorKonsepsiya va dizayn
  • TayyorTexnik chizmalar
  • TayyorZavodlar bilan kelishuv
  • TayyorIIB organlari bilan suhbat
  1. 3–6 oy · Pilot

    +5

    jami 5 park · 160 obuna

  2. 6–18 oy · 1-raund

    +15

    jami 20 park · 640 obuna

  3. 18–36 oy · 2-raund

    +30

    jami 50 park · 1 600 obuna

Keyin: yangi turar-joy majmualari bilan B2B. Obuna: har parkda 32 quti, 100% band.

Jamoa

SERGAK’ni kim qilmoqda?

  • Muhammadamin Zohidullayev

    Muhammadamin Zohidullayev

    Founder & CEO

    Rent Market’da 2 yil 3 oy COO bo‘lib ishlagan. Servisni ishga tushirish va kundalik operatsiyalarni boshqargan.

    Rent Market

  • Abubakir Abdunaimov

    Abubakir Abdunaimov

    Project Manager

    Billz — Tech Manager (O‘zbekiston), B&K Group — CEO (Polsha), WMSystems — Automation Specialist (Kanada).

    Billz

  • Akmaljon Nabiyev

    Akmaljon Nabiyev

    Adviser · Angel investor

    Rent Market va Wolter asoschisi. Strategiya va investitsiya bo‘yicha maslahat beradi.

    WolterRent Market

Investitsiya so‘rovi

5 ta pilot park uchun $200 000 jalb qilyapmiz

≈ 13 oyda o‘zini oqlaydi · $15 050 sof foyda / oy (pitch ssenariysi)

  • $150 000 5 ta park · 75%
  • $50 000 Dasturiy ta’minot · 25%

Investitsiya shartlari (ulush va instrument) uchrashuvda taqdim etiladi.

Bizga ishoning, ko‘ngilni xotirjam qiling!

Ariza to‘g‘ridan-to‘g‘ri asoschiga keladi. Ish modeli va texnik chizmalarni uchrashuvda ko‘rsatamiz.

Qiziqish